Fan-texnika | 00:25 / 25.11.2017
43145
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand avtomobil zavodining ishlab chiqarish liniyasidan 30 minginchi mashina chiqib keldi – foto

Samarqand avtomobil zavodi — «SamAuto» MChJda yubiley, o‘ttiz minginchi avtomobilning tantanali chiqish marosimi bo‘lib o‘tdi. U SAZ HC45 rusumli, dvigateli siqilgan tabiiy gazda ishlovchi avtobus bo‘ldi.

Konveyyerdan avtobusning tantanali chiqib kelish marosimi «SamAuto» zavodida zavodning texnik hamkorlari ISUZU Motors, Itochu Corparation «O‘zavtosanoat» AJ vakillari ommaviy axborot vositalari xodimlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

KUN.UZ muxbirining voqea joyidan xabar qilishicha, yubiley modelning farqli jihati — bu model o‘zbek konstruktorlari va injyenerlarining ishlanmasi ekanligidadir. Avtobus konstruksiyasi siqilgan tabiiy gazda ishlovchi avtomobillarga nisbatan joriy etilgan standartlarga to‘liq javob beradi.

Zavod siqilgan tabiiy gazda ishlovchi avtomobillarni seriyali ishlab chiqarishga 2014 yili kirishgan. 2014 yildan 2017 yilga qadar zavodda gazda ishlovchi dvigatelga ega 2 mingdan ziyod mashina ishlab chiqarilgan.

Samarqand avtomobil zavodi («SamAuto» MChJ) — avtobuslar, yuk va maxsus avtomashinalar ishlab chiqaradigan zavoddir. O‘zining tijorat faoliyatini zavod 1999 yilda boshlagan. 2006 yilda «SamKochAvto» QK «Samarqand avtomobil zavodi» («SamAuto» MChJ) ga aylantirilgan va zavod Yaponiyaning ISUZU Motors Ltd. kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. 2007 yilning yanvaridan zavodda ISUZU shassisi bazasida tijorat avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.

O‘z muxbirimiz.

Mavzuga oid