09:31 / 25.11.2017
8053

Toshkentda avval sudlangan shaxs deraza panjarasini sindirdi va pullarni o‘mardi

2017 yil 19 noyabrdan 21 noyabrga qadar vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumani hududida fuqaro A.E.ning xonadoniga deraza panjarasini sindirish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 1.700.000 so‘m miqdoridagi pullarini o‘g‘irlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan, Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan A.K. sodir etganligi aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Top