20:17 / 25.11.2017
5829

Zimbabvening sobiq moliya vaziri sud oldida javob bermoqda

Foto: Reuters

Zimbabvening sobiq moliya va iqtisodiy rivojlanish vaziri Ignasius Chombo korrupsiyada ayblanib, 25 noyabrda sud oldida javob berishni boshladi. Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, bu Chomboning o‘tgan haftada harbiylar tomondan hibsga olinganidan keyin omma oldida ilk ko‘rinish berishidir.    

Chomboning advokati Lavmor Madxukuning aytishicha, Chombo hibsda ushlab turilganda kaltaklanish natijasida olgan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqazilgan. Advokatning ta'kidlashicha, Chombo vazir bo‘lganda korrupsiyada va o‘z vakolatlarini suiste'mol qilishda ayblanmoqda.  

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Chombo mamlakatning sobiq prezidenti, 93 yoshli Robert Mugabening rafiqasi Greysning safdoshlaridan biri bo‘lgan. Greys Mugabe mamlakatning sobiq vitse-prezidenti Emmerson Mnangagvaning siyosiy raqibi bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top