20:45 / 26.11.2017
5430

Irlandiyalik milliarder dovullardan aziyat chekkan davlatlarga yordam bermoqda

Foto: Antonio Bolfo / Getty Images

Irlandiyalik milliarder Dennis O’Brayyen fojialar va alg‘ov-dalg‘ovlik bilan yaxshi tanish. U Digicel telekommunikatsiya kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va asoschisi sifatida zilzilalardan (Gaiti), isyonlar (Tongo) va to‘ntaruvlardan (Fiji) jabr ko‘rgan hududlarda biznes yuritishni boshlagan. Shu sababli sentabrda “Irma” va “Mariya” dovullari Karib dengizi davlatlaridan binolarni vayron qilib, uyali aloqa minoralarini gugurt cho‘pi kabi sindirib, O’Brayyen kompaniyasi faoliyat yuritadigan bozorning deyarli yarmidan o‘tganda u jangga tashlandi. O’Brayyen kompaniyasiga Yamaykada 2001 yilda asos solgan.      

O’Brayyen tabiiy fojialar qanchalik vayronkor bo‘lishi haqida 2010 yil Gaitida yuz bergan zilzila vaqtida aniq tasavvurga ega bo‘lgan. U boy davlatlar iqlimni vayron qiladi, buning oqibatida esa nochorlar aziyat chekadi, – deb hisoblab, ehtiyojmandlarga yordam berishga qaror qilgan.

 “Biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Biz go‘yoki bir vaqtda ham nohukumat tashkiloti, ham tijorat kompaniyasi kabi edik”, – deb aytmoqda O’Brayyen. 

Digicel faoliyat yuritadigan 24 ta davlatdan 10 tasida dovullar sababli u yoki bu darajada uyali aloqa minoralariga shikast yetgan. Eng katta ziyonlar ko‘rilgan davlatlar orasida Angilya, Britan Virginiya orollari, Terks va Kaykos hamda Dominika bo‘lgan. Dovullar tugashi bilan Digicel bu hududlarga 140 nafar xodimini nafaqat uyali aloqa tarmog‘ini tiklashga jo‘natgan, balki jabr ko‘rganlarga gumanitar yordam bera boshlagan.

Top