11:26 / 26.11.2017
21221

Iroqlik harbiylar tank va jangarilarning zirhli mashinasi “dueli”ni namoyish qilishdi

Iroqning shialar militsiyasi kuchlari tankning jangarilarga qarashli, portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan zirhli mashinasiga qarshi “dueli” videosini namoyish qilishdi.

Drondan olingan videodan jangarilarga tegishli, “jihod-mobil” deb ataluvchi mashina iroqlik harbiylar pozitsiyalariga bostirib kelayotganini ko‘rish mumkin. Harbiylar mashinani to‘xtatishga harakat qilib, dastlab u tomon avtomatdan o‘q uzishgan. So‘ngra unga qarata tank o‘q uzgan, biroq mo‘ljaldan adashgan.

Avtomobil yo‘lida davom etib, tankka yaqinlashgach, katta kuch bilan portlaydi. Uning bo‘laklari tankka, sal narida turgan BMPga tegadi va voqeani kuzatib turgan bir harbiyni shikastlashiga bir baxya qoladi. 

Mavzuga oid
Top