00:41 / 26.11.2017
6411

Liviya sohillari yaqinida 31 muhojir halok bo‘ldi

Foto: vesti.ru

Liviyaning g‘arbiy sohillari yaqinida ikki qayiqning to‘qnashuvi oqibatida 31 muhojir halok bo‘ldi. 200 odamni qutqarishga muvaffaq bo‘lingan.

Liviya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati xodimi, polkovnik Abu Ajil Abdulboriyning aytishicha, Tripolidan 60 km uzoqlikda joylashgan Garabulli yaqinida ikkita qutqaruv operatsiyasi o‘tkazilgan.

Voqea joyiga maxsus xizmatlar yetib kelganda, shishirilgan qayiqlardan bittasi suvga cho‘kayotgani, uni bir necha odam ushlab turgani ma'lum bo‘lgan. Bu qayiqdan bo‘lgan 60 kishini qutqarishga va halok bo‘lganlarning jasadlarini chiqarib olishga muvaffaq bo‘lingan. Ikkinchi qayiq atrofida 140 kishi aniqlangan.

Omon qolganlar Tripoli portidagi harbiy-dengiz bazasiga yetkazilganlar. Ularga yegulik va suv berilgan.

Mavzuga oid
Top