Fan-texnika | 16:44 / 26.11.2017
41199
2 daqiqa o‘qiladi

Reyting: 2017 yilning eng yaxshi 15 smartfoni

Yangi telefon xaridi ustida bosh qotirayapsizmi? U holda TechRadar tomonidan tuzilgan eng yaxshi 15 smartfon reytingi sizga yordam berishi mumkin. TechRadar top-15 ro‘yxatiga da'vogar smartfonlar sinovida ularning imkoniyatlari, xususiyatlari, dizayni va eng avvalo, narx va sifat nisbati inobatga olindi. 

Yilning ikkinchi yarmida "eng yaxshi smartfon" nomiga ko‘plab kuchli nomzodlar paydo bo‘ldi va ularni reyting bo‘ylab qanday taqsimlash borasida uzoq bosh qotirildi. 

Shunday qilib, Samsung Galaxy S8 bugungi kundagi eng yaxshi telefon sifatida e'tirof etildi - nisbatan hamyonbop narx, kuchli imkoniyatlar, kamera va ekran xususiyatlari birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Samsung Galaxy S8 Plus va Google Pixel 2 smartfonlari reytingning ikkinchi hamda uchinchi o‘rinlaridan joy oldi. Katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan iPhone X top-15 ro‘yxatining to‘rtinchi pog‘onasida keltirilgan. Reytingning to‘liq ro‘yxati quyida keltiriladi:

Foto: Samsung Galaxy S8

1. Samsung Galaxy S8
2. Samsung Galaxy S8 Plus
3. Google Pixel 2
4. iPhone X

Foto: Huawei Mate 10 Pro

5. Huawei Mate 10 Pro
6. Samsung Galaxy Note 8
7. LG V30
8. LG G6
9. iPhone 8 Plus
10. OnePlus 5T

Foto:  Google Pixel 2 XL

11. Google Pixel 2 XL
12. Sony Xperia XZ Premium
13. HTC U11
14. iPhone 8
15. Honor 9

Mavzuga oid