Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda «Samarkand City» aqlli shahri va olimpiya shaharchasi bunyod etiladi
Samarqand viloyatida 2017 yilgi hosil yig‘ishtirib olish mavsumi muvaffaqiyatli yakunlangani munosabati bilan Samarqand shahri yaqinidagi eshkak eshish kanali yaqinida katta hosil bayrami — xalq sayli o‘tkazildi.
Hosil bayrami kun bo‘yi davom etdi va uning kechki dasturida viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayev fermerlar va dehqonlarga yil bo‘yi qilingan samarali mehnat uchun minnatdorchilik bildirib tabrik yo‘llar ekan, kelgusida viloyatda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari haqida qisqacha ma'lumot berdi.
«Hosil bayramining bugun ertalab o‘tkazilgan joyi — eshkak eshish kanali hududida 1660 gektar yerda Samarqand shahrining butunlay yangi markazi, aqlli Samarqand Siti shaharchasi qurilishi rejalashtirilgan. Eshkak eshish kanali hududida Osiyo o‘yinlari darajasidagi xalqaro sport turnirlarini bemalol qabul qila oladigan Olimpiya shaharchasi ham bunyod etiladi.
Viloyatda ziyoratchilik turizmini rivojlantirish uchun ham keng qamrovli loyihalar ishlab chiqilgan. Xususan, Payariq tumanidagi Imom al-Buxoriy majmuasi atrofida 27 ta 7 qavatli mehmonxonalar bunyod etiladi va butun dunyodan keladigan ziyoratchilarni qabul qilish uchun sharoit hozirlanadi», — dedi T.Jo‘rayev.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026