07:07 / 26.11.2017
22329

Zimbabvening sobiq prezidentiga mo‘maygina pensiya tayinlandi

Foto: AP Photo / Tsvangirayi Mukwazhi

Zimbabvening sobiq prezidenti Robert Mugabe umrining oxirigacha har oy 150 ming dollarga yaqin pensiya oladigan bo‘ldi. Bu haqda Zimbabvening yetakchi “Zimbabve Afrika milliy ittifoqi – Vatanparvarlik fronti” (ZANU-PF) partiyasidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Guardian nashri xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, prezidentning lavozimidan ketishi bo‘yicha kelishuvda Mugabening huquqiy daxlsizlik bilan ta'minlanishi va moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, sobiq prezident darhol “5 mln. dollar” oladi, so‘ngra keyingi oylarda Zimbabvening yangi hukumati Mugabega yana bir nechta to‘lovlarni amalga oshiradi.   

Nashrning hisob-kitobiga ko‘ra, Mugabe umumiy hisobda 10 mln dollar oladi. Bundan tashqari, unga umrining oxirigacha 150 ming dollarlik pensiya tayinlanadi.

Boz ustiga, agar Mugabe rafiqasi Greys Mugabegadan oldinroq vafot etsa, rafiqasiga 75 ming dollardan oylik pensiya berib boriladi.

Top