10:33 / 27.11.2017
71304

2017 yilning eng hayratlantiruvchi fotosuratlari

Quyida 2017 yildagi turli voqealar vaqtida suratga olingan hayratlanarli suratlar fotojamlanmasi keltirilgan.

Muhojirlar rezina qayiqlari cho‘kib ketgandan keyin Maltadagi qutqaruv operatsiyasi davomida NGO Migrant Offshore Aid Station (MOAS) platformasini ushlab olishga harakat qilishmoqda. 

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Hwasong-12 raketasi uchirilishini kuzatmoqda.

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama ko‘z yoshini artmoqda. 

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasi marosimiga yetib keldi.

Adel “Hello” qo‘shig‘i uchun yilning eng yaxshi qo‘shig‘i yo‘nalishi bo‘yicha “Gremmi” mukofotini olmoqda.

Qirolicha Yelizaveta Manchesterda qo‘shiqchi Ariana Grande konsertida sodir etilgan terakt vaqtida yaralangan 15 yoshli Milli Robson bilan kasalxonada suhbatlashmoqda.

Bitta qo‘zg‘almas kamera yordamida olingan 21 ta alohida suratdan iborat tasvir quyosh tutilishini ko‘rsatmoqda.

O‘t o‘chiruvchilar Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari bilan kurashmoqdalar.

Las-Vegasdagi musiqa festivalida odamlar o‘qqa tutilgandan keyin ko‘chada qoldirilgan kovboycha etiklar.

Devid Gonsales rafiqasini “Xarvi” dovulidan keyin suv ostida qolgan uylaridan qutqarilganlaridan keyin tinchlantirmoqda.  

Afg‘onistonlik politsiyachilar terrorchi-xudkushlar hujum qilgan joydan bolani qutqarishga urinishmoqda.

Shahzoda Jorj Berlindagi Tegel aeroportida.

Top