Italiya chempionatining 14-tur o‘yinlari davom etmoqda. 

Peshqadamlarni quvishda davom etayotgan "Yuventus" o‘z maydonida "Krotone"ni qabul qilib, 3:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi. 

O‘yinning 52-daqiqasida Manjukich hisobni ochib bergan bo‘lsa, 60-daqiqada De Shilo hamda 71-daqiqada Benatiya gol urib, jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shishdi. 

"Milan" esa o‘z uyida "Torino"ni qabul qildi. Uchrashuvda golsiz durang bilan yakunlandi. 

"Roma" esa safarda "Jyenoa"ga qarshi maydonga tushdi. Mehmonlar tarkibida El-Shaaravi kiritgan golga, maydon egalari 70-daqiqada Lapadulaning penaltidan kiritgan goli orqali javob berishdi 1-1.

"Latsio" ham o‘z maydonida "Fiorentina" bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etdi. Mezbonlar tarkibida 25-daqiqada de Vrey hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yinning so‘nggi daqiqalari El-Babakar yakuniy hisobni o‘rnatdi. 

Yuventus – Krotone 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 52 Manjukich, 2:0 – 60 De Shilo, 3:0 – 71 Benatiya.
Yuventus – Buffon, Benatiya, Xevedes (Pyanich, 68), Aleks Sandro, Bardzali, Matyuidi, Markizio (Sturaro, 77), Duglas Kosta, Lixtshtayner (De Shilo, 57), Manjukich, Dibala.
Krotone – Kordats, Ayyeti, Pavlovich, Sampirizi, Chekkerini, Mandragora, Barberis (Romero, 79), Nalini (Faraoni, 85), Roden, Tonev (Trotta, 75), Budimir.
Ogohlantirishlar: Budimir (32), Benatiya (45), Matyuidi (50), Roden (85).

Milan – Torino 0:0 (0:0, 0:0)
Milan – Donnarumma, Sapata, Bonuchchi, Romanoli, Rodriges, Kessie, Montolivo, Bonaventura (Chalxanoglu, 71), Suso, Kalinich (Kutrone, 77), Andre Silva.
Torino – Sirigu, de Silvestri, Nkulu, Burdisso, Ansaldi, Bazelli (Akkua, 87), Rinkon, Obi, Nyang (Boyye, 77), Belotti, Lyayich (Yago Falke, 69).
Ogohlantirishlar: Burdisso (42), Rinkon (62).

Jyenoa – Roma 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 59 El-Shaaravi, 1:1 – 70, penalti Lapadula.
Jyenoa – Perin, Itstso, Spolli, Zukanovich, Rozi, Rigoni, Velozu (Kofi, 90), Bertolachchi, Laksalt, Pandev (Lapadula, 63), Taarabt (Omeonga, 86).
Roma –    Alisson, Florentsi, Fasio, Jyezus, Kolarov, Nainggolan (Shik, 87), de Rossi, Strotman, El-Shaaravi (Gonalon, 78), Djyeko, Perotti (Defrel, 58).