16:51 / 27.11.2017
26109

«Yana Qodirov balogardon» - Checheniston rahbari Boris Nemtsov ishi haqida gapirdi 

Foto: TASS

Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning ma'lum qilishicha, muxolif siyosatchi Boris Nemtsovning o‘ldirilishi bo‘yicha sudlangan chechenistonliklar aybsiz ekani, tarix bu boradagi barcha narsani o‘z o‘rniga qo‘yishini alohida ta'kidlaydi. U bu haqda «Rossiya 1» telekanali efiridagi «Deystvuyushchiye litsa s Nailey Asker-zade» ko‘rsatuvi davomida ma'lum qilgan.

«Mening tushunishimga, ma'lumotlarimga qaraganda – ular aybsiz. Demak, men hamon buni noto‘g‘ri deb hisoblayman. Bu kimgadir kerak edi, o‘zining qandaydir gunohlari bo‘lgan, Nemtsovni o‘ldirishdi – barchasiga yana Qodirov balogardon bo‘ldi. Hamma gapirmoqda: Nemtsovni Qodirov o‘ldirdi! Nemtsov – shaxsan men uchun, hamda bizning jamoa uchun – u maqbul shaxs edi», - deya uning so‘zlarini keltiradi «Interfaks».

«Men bu kimga kerak bo‘lganini bilmayman. Kimdir ishni yopishi, qotillarni topgani haqida ma'lum qilishi kerak edi, va – bizda shunday xato qarorlar bo‘lib turadi. Mening fikrimcha, tarix bunga baho beradi hamda barchasini o‘z o‘rniga qo‘yadi», - deya ma'lum qildi u.

Eslatib o‘tamiz, Boris Nemtsov 2015 yilning 27 fevral kuni Kreml yaqinidagi ko‘prikda otib ketilgan edi. 

Top