13:18 / 27.11.2017
17181

Atamboyevning yangi qo‘shig‘iga ishlangan klip chiqarildi

YouTube videoxostingida Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev tomonidan yozilgan «Kuzgi vals» qo‘shig‘iga suratga olingan klip paydo bo‘ldi.

Qo‘shiq Rossiyaning «Glavnaya stsena» shousi finalchisi Qayrat Primberdiyev tomonidan, estrada orkestri jo‘rligida ijro etilgan.

24 noyabr kuni prezidentlik lavozimidan ketgan Almazbek Atamboyev o‘zining ilk klipini 2016 yilning iyulida taqdim etgandi. U davlat rahbari lavozimidan ketganidan so‘ng ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish niyatida ekanini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston tomoni «Atamboyev ruhiy kasal va piyonista» ekanini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top