09:04 / 27.11.2017
8472

Kafedagi janjalda qiz yigitga pichoq bilan tan jarohati yetkazdi

Quyichirchiq tumanida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan Nigina Alixonova (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ish joyida (kafeda) o‘zaro janjallashib, 1987 yilda tug‘ilgan Xurshid Latipovning qorin qismiga oshxona pichog‘i bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. 

Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Oqibatda jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Ushbu holat yuzasidan Nigina Alixonovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Mavzuga oid
Top