20:30 / 27.11.2017
10453

Qo‘shimcha qo‘llar ishlab chiqildi (suratlar+video)

Foto: youbionic.com

Italiyalik Federiko Chikkaraze va uning Youbionic firmasi ajoyib Double Hand qo‘lqoplarini ixtiro qildi. Noyob qurilma o‘z egasining qo‘llari sonini oshirishi mumkin. Qurilma korpusi 3D-bosmadan chiqqan, ikki panja  boshqaruvi esa ko‘rsatkich va nomsiz barmoqlarga yuklanadi. Ta'rifga ko‘ra, yangi gadjyet imkoniyat doirasini kengaytirishga yo‘naltirilgan. U qaysidir ma'noda  kelajakka nazar tashlashga ham yordam beradi. 

Foto: youbionic.com

Qurilma arzon emas, uning narxi - 1799 yevro. Xaridor bunday salmoqli summani to‘lab, turmush sifatini yaxshilovchi jihozni qo‘lga kiritadi. Biroq ishlab chiqaruvchi uning qay tariqa turmushni yengillashtirishiga aniqlik kiritmagan. Youbionic'ning ushbu mahsulotiga e'tibor qaratgan mutaxassislar bu borada hazil qila boshlashdi. Hazilkashlarning taxminlariga ko‘ra, qo‘shimcha qo‘llar bilan klaviaturada tezroq harf terish mumkin. Shuningdek konsertlarda ikkinchi qo‘lga qo‘lqopni kiyib, hammadan baland qarsak chalish mumkin. Barlarda biryo‘la uch stakanni baravar ushlash mumkin va hokazo. 

Foto: youbionic.com
Foto: youbionic.com
Foto: youbionic.com
Foto: youbionic.com

Top