22:37 / 27.11.2017
7654

“Robotlar choy ishlab chiqarish sanoatidagi 13 mln kishi o‘rnini egallaydi”

Foto: EAST NEWS

Choy barglarini terish ehtiyotkorlik va ko‘z bilan chamalashni talab qiluvchi, choy ishlab chiqarishdagi eng muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda choy o‘simligini yetishtirish qishloq xo‘jaligining hosili qo‘lda teriluvchi oz sonli tarmoqlaridan biridir.      

Dunyoda choy ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalardan biri Dilmah bosh direktori Dilxan Fernandoning aytishicha, sun'iy ong yaqin orada ishchilarning o‘rnini egallashga imkon beruvchi bilimlar darajasiga yetishi mumkin. “Men bir necha yildan keyin robot yoki dronlar choy barglarini terayotganini ko‘rishimizga hech shubha qilmayman”, deb aytgan Fernando. 

Bunday prognoz juda katta sondagi odamlar uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Barqaror rivojlanish agentligi Solidaridad ma'lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda 13 mln ga yaqin odam choy ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritadi. Choy plantatsiyalari egalarining ko‘pchiligi mayda fermerlar bo‘lib, avtomatlashtirishdan himoyalanish uchun vositalarga ega emaslar. 

Fernando texnologiyalar choy ishlab chiqarish sohasi ishchilari uchun real muammo tug‘dirishi mumkinligini tan olgan holda, unda hozircha bunga yechim bo‘lmasa-da, keyinroq albatta paydo bo‘lishini aytdi. Uning aytishicha, Dilmah asoschisi choy sanoatida yangi imkoniyatlar va kasblarni taqdim qilish uchun xayriya jamg‘armasini tashkil etmoqda. Germaniyaning Statista statistik kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda choy ichimliklari bozori 2021 yilgacha 44,3 mlrd dollarga yetadi. 

Gap orasida, WalMart o‘z do‘konlarida farrosh robotlarni sinovdan o‘tkaza boshladi. Biroq do‘konlar xodimlari bu yangilikdan norozilar, chunki ular ish joylaridan ayrilishdan xavotirlanmoqdalar. Biroq kompaniya rahbariyati hech qanday qisqartirishlar rejalashtirilmayotganini aytgan.   

 

Mavzuga oid
Top