Angliya premer-ligasida bu hafta «miduik» kuzatilmoqda. Dekabrning o‘ta zich kalendariga so‘nggi repetitsiya sifatida haftaning o‘rtasida ham chempionati uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Tribuna.Uz dunyoning eng ommabop chempionati 14-tur uchrashuvlariga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Lester - Tottenhem
Boshlanish vaqti: 29 noyabrga o‘tar kechasi, 00:45
Translyatsiya: Futbol TV, Match! Futbol 2

O‘zaro o‘yinlar
Ikki jamoa premer-liga doirasida 22 uchrashuv o‘tkazib, ularning 9tasida «Lester», 8tasida esa «Tottenhem» g‘alaba qozongan. 5ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. 

Qiziqarli faktlar
«Tottenhem» Angliya Premer-Ligasi doirasidagi «Lester» stadionida o‘tkazgan so‘nggi to‘rt uchrashuvdan buyon mag‘lubiyatga uchramagan va raqiblar darvozasiga 11ta gol kiritgan (3g‘alaba, 1durang).

«Lester» o‘z uyida APL doirasida o‘tkazgan so‘nggi 8 uchrashuvda bor-yo‘g‘i 8 ochko (2 g‘alaba, 2 durang, 4 mag‘lubiyat).

Harri Keyn APLdagi faoliyati davomida hech bir jamoaga «Lester»ga urganchalik ko‘p gol (10ta) kiritmagan.

Keyn ikki jamoa o‘rtasidagi may oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi uchrashuvda 4 gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Bu orqali u APLda bitta uchrashuvda beshta yoki undan ko‘p golda ishtirok etgan to‘rtinchi (Adebayor, Defo va Klinsmanndan keyin) «Tottenhem» futbolchisiga aylangandi.

Uotoford - Manchester Yunayted
Boshlanish vaqti: 29 noyabrga o‘tar kechasi, 01:00
Translyatsiya: Uzreport TV, Match TV, Match! Futbol 1

O‘zaro uchrashuvlar tarixi