17:46 / 28.11.2017
6445

Qozog‘istonda brilliantli esdalik tangalari chiqarildi

Foto: Qozog‘iston Milliy banki

Qozog‘iston Milliy banki 500 tengelik nominalga ega “Dombira” maxsus esdalik kumush tangalarni chiqardi, ular “Cho‘l boyliklari” seriyasini davom ettirdi, deb xabar bermoqda bank matbuot xizmati.

Tangalar 925 probadagi kumushdan tayyorlangan bo‘lib, og‘irligi – 31,1 gramm, diametri – 38,61 millimetr, tayyorlanish sifati - "proof", maksimal tiraji – uch ming dona. Diametri bir millimetr bo‘lgan bitta brilliant ham bor.

Tanganing old qismida xalq musiqiy asbobi – do‘mbira tasviri joylashtirilgan. O‘ng sektorda esa "500 tenge" yozuvi bor, u tanga nominalini bildiradi. Tangani orqa qismida esa tog‘lar, cho‘llar, otlar fonida do‘mbira chalinayotganini ko‘rish mumkin.

Mavzuga oid
Top