Jahon | 11:30 / 28.11.2017
22722
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istondagi "Halol" mahsulotlarda cho‘chqa DNKsi topildi

Foto: Newtimes.kz

Rossiyada ishlab chiqilgan go‘sht konserva mahsulotlarida cho‘chqa DNKsi aniqlandi. Bu haqda Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi. 

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligining jamoat sog‘lig‘ini himoya qilish qo‘mitasi talabga javob bermaydigan «noto‘g‘ri» konserva va mahsulotlarni aniqlash maqsadida yil boshidan beri 36 ming nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari va xalq iste'moli mollarini xarid qilgan. Qozog‘istonning 11 ta ishlab chiqaruvchisi mahsulotida, garchi “Halol” tamg‘asi bo‘lsa-da, cho‘chqa DNKsi aniqlangan. Shuningdek, cho‘chqa genlari Rossiyada ishlab chiqilgan mahsulotlarda ham topilgan. Xususan, «BRT» MChJ tomonidan ishlab chiqilgan 3 turdagi go‘shtli konserva mahsulotlarida cho‘chqa go‘shti borligi ma'lum bo‘lgan. «Oryolprodukt» OAJ va «Yoshkar-Olinskiy myasokombinat» YoAJlariga ham jarima solingan.

«Bu shuni anglatadiki, ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologiyasini qo‘pol ravishda buzadi, ular mol go‘shti va cho‘chqa go‘shtidan mahsulotlarni ishlab chiqishda bitta liniyadan foydalanishadi. Uskunalarni yetarli darajada tozalamaydi, ishlab chiqarish nazoratini jiddiy yo‘lga qo‘ymaydi, xom ashyoning yonma-yon oqimiga ruxsat beradi», - deyiladi vazirlik xabarida. 

Mavzuga oid