Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon AQShning xorijiy mamlakatlardagi harbiylari sonini ma'lum qildi
AQShning 30 sentabr holatiga ko‘ra, Afg‘onistondagi harbiy xizmatchilari soni 15,3 ming kishini tashkil etadi. Iroqda 8,9 ming amerikalik harbiy xizmat qilayotgan bo‘lsa, Suriyada esa, amerikalik harbiylar soni 1,72 ming kishini tashkil etadi.
Pentagon ma'muriyati tomonidan e'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistondagi harbiy kontingent jangovar harakatlar davom etayotgan mamlakatlardagi eng ko‘pidir. Bu prezident Donald Tramp tomonidan e'lon qilingan sondan birmuncha ko‘p ekanini anglatadi.
2016 yil oxirida AQShning o‘sha vaqtdagi prezidenti Barak Obama davrida Afg‘onistondagi amerikalik harbiylar soni 8,4 ming kishini tashkil etgan. Joriy yil avgustida Pentagon Afg‘onistonda 11 ming harbiy xizmatchisi bor ekanini bildirgan edi.
Keyinchalik, Tramp ularga yana 3 ming askarni qo‘shishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
2015 yil 1 yanvaridan Afg‘onistonda NATOning jangovar bo‘lmagan missiya faoliyat yuritadi.
Ta'kidlanishicha, Amerikaning xorijiy mamlakatlardagi eng katta missiyasi Yaponiyada bo‘lib, bu yerda 45 mingga yaqin amerikalik harbiy bor. Germaniyada 36 ming askar, Janubiy Koreyada 25 mingga yaqin. AQShning xorijiy mamlakatlardagi askarlarining umumiy soni 257,3 ming kishini tashkil etadi.
Mavzuga oid
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026