17:37 / 28.11.2017
6095

Tojikistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 76 yilga yetdi

Foto: Flickr

Tojikistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 76 yilga yetdi. Bu haqda kuni kecha Dushanbeda, 2010-2020 yillarga mo‘ljallangan Tojikiston Respublikasi aholisi Milliy strategiyasining 7-yilini muhokama qilish davomida ta'kidlab o‘tildi, deb xabar bermoqda TR Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Ta'kidlanishicha, ko‘rsatilgan strategiyani amalga oshirish doirasida Tojikistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 76 yilni tashkil etdi, o‘lim darajasi esa 2,7 barobarga kamaydi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 5 yilda onalar o‘limi 1,8, bolalar o‘limi esa – 2,7 martaga qisqardi.

Qayd etilishicha, onalar va bolalar o‘limi holatlarining kamayishiga tibbiy xizmat sifati yaxshilangani va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish oshgani sabab bo‘lgan.

Shuningdek, respublikada sil bilan kasallanish darajasi pasaygan. Ushbu xastalik bilan og‘riganlar o‘rtasida o‘lim holati 100 ming aholi hisobidan 50 foizga pasaydi.

 

Mavzuga oid
Top