«O‘zbekiston havo yo‘llari» Koreyaning Inha kolleji bilan hamkorlikda aviamutaxassislarni tayyorlaydi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston aviatsiya tarmog‘i uchun kadrlarni tayyorlashning vertikal tizimini yaratish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda. Bu borada aviatsiya kolleji – Turin politexnika universitetining “Aviakosmik injiniring” kafedrasi – Uchuvchilarni tayyorlash maktabi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilgan. Bu haqda MAK saytida ma'lum qilinmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK delegatsiyasi Inha Texnik kolleji prezidenti Chin In Jun bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida Toshkent politexnika kolleji negizida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi ta'limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv natijasida samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish va havo kemasi sahnida servis bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash uchun Inha Texnik kolleji o‘quv dasturini Toshkent politexnika kollejida qo‘llash bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.
Bundan ilgariroq “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bilan Toshkentdagi Turin politexnika universiteti o‘rtasida aviatsiya sohasida ko‘p tomonlama hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangan edi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, hujjatda universitetning ”Aviakosmik injiniring” bo‘yicha yangi o‘quv yo‘nalishini ochish, unda talabalarni va magistrantlarni akademik tayyorlash ko‘zda tutilgan. Aviakompaniya yosh mutaxassislarning O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi tizimiga muvaffaqiyatli integratsiyasini ta'minlash uchun ularga o‘quv jarayonida o‘z bo‘linmalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatini berish orqali professional malakalarni egallashlarida maksimal yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK o‘quv-mashq markazi negizida uchuvchilar maktabini tashkil qilish bo‘yicha ham ishlar davom etmoqda. Bugungi kunda aviakompaniyaning O‘quv mashq markazi O‘zbekiston parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasining uchuvchilarni tayyorlash yuzasidan sertifikatini oldi.
Uchuvchilar tayyorlash uchun dastlabki nomzodlarni qabul qilishni 2018 yilning bahorida boshlash rejalashtirilmoqda. Shu bilan aviatsiya uchun kadrlar tayyorlashning vertikal tizimini amalga oshirish uchun oldinga yana bir qadam qo‘yildi.
Mavzuga oid
14:31 / 16.04.2020
«O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyotlari yuk tashuvchi sifatida qayta jihozlanmoqda
14:52 / 26.11.2019
Havo kodeksiga o‘zgartirish kiritilsa, aviachiptalar narxi kamida 20 foizga arzonlashishi mumkin
17:29 / 11.11.2019
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKdagi tarkibiy o‘zgarishlar yakunlandi
19:55 / 07.11.2019