Jeenbekovning birinchi xalqaro tashrifi qayerga amalga oshirilishi ma'lum
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning birinchi xalqaro amaliy tashrifi Rossiyaga amalga oshiriladi. Bu haqda prezident devonining tashqi siyosat bo‘limi rahbari Oyzoda Subako‘joyeva xabar bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga tashrif ertaga, 29 noyabr kuni amalga oshiriladi. «Bu Sooronbay Jeenbekovning davlat rahbari sifatidagi birinchi xorijiy tashrifi bo‘ladi. Tashrif Rossiya tomoni taklifi bo‘yicha amalga oshiriladi. Shuni aytish mumkinki, Rossiya bilan ittifoqchilikni mustahkamlashga qaratilgan tashqi siyosiy kurs faqat rivojlanib boradi», - deya aytib o‘tdi u.
Uning ta'kidlashicha, tashrif doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. «2 yetakchi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi hamda xalqaro arenadagi muammolar bo‘yicha fikr almashadi», - deya aytib o‘tdi u.
Bundan tashqari, Jeenbekov Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev bilan ham uchrashadi, u bilan dolzarb savdo-iqtisodiy masalalar hamda ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish muhokama qilinadi.
Keyinchalik, 30 noyabr kuni S.Jeenbekov Belarus poytaxti Minsk shahrida KXShTning yubiley sessiyasida ishtirok etadi.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024