Zimbabvening yangi prezidenti Emmerson Mnangagva davlatga noqonuniy o‘zlashtirilgan mablag‘larni qaytarishni istaganlar uchun 3 oylik amnistiya e'lon qildi. Bu haqda ZBC telekanali ma'lum qildi.
Mnangagva o‘z bayonotida amnistiya davri 2017 yil 1 dekabridan 2018 yil fevrali oxirigacha amal qilishini aytgan.
“Noqonuniy o‘zlashtirilgan jamg‘armalarni qaytarish bo‘yicha ilk qadam sifatida hukumat 3 oylik amnistiya e'lon qiladi. Uning amal qilish davrida har bir kishi biror-bir savolsiz va unga ayblovlar qo‘yilishisiz mablag‘larni qaytara oladi”, deb aytgan prezident.