18:55 / 29.11.2017
28363
Reklama

Asal bayramiga marhamat!

Foto: Aloqabank

2017 yil 1-10 dekabr kunlari Toshkent shahri “Ko‘rgazma Savdo Markazi”da Asal bayrami va asal mahsulotlari ko‘rgazma yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3327-sonli Qaroriga muvofiq 2017 - 2021 yillarda asalarichilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan hamda 2017 yil 1 noyabr kuni O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi tashkil etilgan.

Yuqoridagini inobatga olgan holda 2017 yil 1-10 dekabr kunlari Asal bayrami va asal mahsulotlari ko‘rgazma yarmarkasi tashkil etilmoqda.

Mazkur Asal bayrami respublikamizning barcha hududlaridan asalarichilar ishtirokida bo‘lib o‘tadi hamda tadbirda 200dan ortiq asal turlari taqdim etiladi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston asalarichilar uyushmasi vakillari hamda yetuk asalarichilar boshchiligida asalarichilik sohasiga mansub ilmiy amaliy seminarlar bo‘lib o‘tadi.

Asal bayrami va asal mahsulotlari ko‘rgazma yarmarkasida ishtirok eting va yuqori sifatli asal mahsulotlaridan bahramand bo‘ling!

Reklama huquqi asosida

Top