«Prezidentning matbuot erkinligi va CNN’ga davom etayotgan hujumlari fonida biz taklif etilgan mehmonlar sifatida u bilan birga bayram qilish to‘g‘ri emas, deb hisoblaymiz», - deya aytib o‘tdi CNN vakili.
Oq uydagilar esa jurnalistlarning boykoti haqidagi xabarlarni iliq kutib olishdi.
«Bayram erta boshlanmoqda! CNN’dan yaxshi yangiliklar ham chiqib turar ekan!» - deya yozgan Oq uy vakili Sara Sanders tvitterdagi o‘z sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zi hokimiyat tepasida bo‘lib turgan o‘n oy davomida Qo‘shma Shtatlar qanday muvaffaqiyatlarga erishganini aytib o‘tgandi.











