08:54 / 29.11.2017
9758

GM Powertrain-Uzbekistan 500 minginchi dvigatelni ishlab chiqardi

Foto: GM Powertrain-Uzbekistan

24 noyabr kuni GM Powertrain-Uzbekistan (GMPT-Uz) zavodi o‘zining 500 000 dvigatelini ishlab chiqardi. Ushbu hodisa sharafiga zavodda barcha xodimlar va hamkorlar uchun maxsus bayram tadbiri tashkillashtirildi.

Xodimlarga maxsus sovg‘alar, 500 minginchi dvigatel tasviri tushirilgan futbolkalar tadbirdan bir kun avval hadya qilindi.

Bayram tadbiri dvigatelni yig‘ish liniyasidan olish bilan boshlandi. Xodimlarning qarsaklari ostida 500 minginchi dvigatel logistika omboriga olib o‘tildi.

GMPT-Uz bosh direktori Jyenifer Bigelou ushbu hodisa GMPT-Uz zavodi uchun juda muhim ekanini ta'kidlab o‘tdi. Xodimlar va mehmonlar fotosessiyada ishtirok etishdi, shuningdek dvigatelga dastxat qo‘yishdi.

GM Powertrain Uzbekistan AJ General Motors (AQSh, QKda 52 foizlik ulush) va «O‘zavtosanoat» AK (48%) tomonidan tashkil etilgan. Korxona avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Zavod quvvati yiliga 225 ming dvigatelni tashkil etadi.

Mavzuga oid
Top