28 noyabr oqshomida Ispaniya Kubogining 1/16 finalida javob uchrashuvlari o‘tkazildi. 5ta o‘yindan keyin keyingi bosqichga chiqqan 5 jamoa nomi ma'lum bo‘ldi.

Madridning «Real» klubi «Fuenlabrada» bilan o‘ynadi. «Santyago Bernabeu» stadionida kechgan uchrashuvda durang hisob qayd etildi - 2:2.

«Qaymoqranglilar» safida Borxa Mayoral dubl qayd etdi, mehmonlar safida Luis Milya va Alvaro Portilya gol urishdi. 

«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl ikki oydan buyon ilk marta maydonga tushdi. 62-daqiqada maydonda paydo bo‘lgan uelslik futbolchi to‘pga birinchi teginishidayoq golli pas muallifiga aylandi.

Madrid klubi birinchi o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi va jamoa endi 1/8 finalga yo‘l oldi.

Shuningdek, «Selta» va «Levante» ham keyingi bosqichga chidi. Vigoliklar jamoasid«Eybar»ni o‘z uyida taslim etdi — 1:0. Xuana Karlos Unsue shogirdlari birinchi o‘yinda ham g‘alaba qozongandi — 2:1. «Levante» «Jirona» bilan durang o‘ynadi, ammo safarda 2:0 hisobida g‘alaba qozongani uchun keyingi bosqichga chiqadigan bo‘ldi.

«Malaga» «Numansiya» bilan durang o‘ynadi, Malagadagi «La-Rosaleda» stadionida kechgan uchrashuvda tomonlar bittadan gol urishdi - 1:1.

18-daqiqada Adrian Gonsales mezbonlarni oldinga boshlagandi, ammo ikkinchi bo‘lim boshida Unai Elxesabal hisobni tenglashtirdi.

Birinchi uchrashuvda «Numansiya» 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi va shu tufayli jamoa keyingi bosqichga o‘tdi, «Malaga» turnirni tark etadigan bo‘ldi.

1/16 finalning yana bir uchrashuvida «Leganes» «Valyadolid»ni mag‘lubiyatga uchratdi - 1:0. Birinchi uchrashuvda ham 2:1 hisobida g‘alaba qozongan «Leganes» keyingi bosqichda o‘ynaydigan bo‘ldi.

Bugun turnirning ushbu bosqichida yana 11ta o‘yin o‘tkaziladi, «Barselona» «Mursiya» bilan, «Sevilya» «Kartaxena» bilan o‘ynaydi.

Ispaniya Kubogi
4-raund
Javob uchrashuvlari

Real Madrid – Fuenlabrada 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 25 Millar, 1:1 – 62 Mayoral, 2:1 – 70 Mayoral, 2:2 – 89 Portilya.