Lombardlar ko‘proq mablag‘ jalb etishi mumkin
Markaziy bankning qarorlari (2017 yil 22 noyabr) bilan Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari va Lombardlar tomonidan faoliyatni va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning narxlari va tariflari faqat milliy valyutada belgilanadi.
Ma'lumot uchun: mikrokredit tashkiloti - mikromoliyaviy xizmatlar: mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. Lombard shaxsiy iste'molga mo‘ljallangan ko‘char mulkni zakalat sifatida garovga olish evaziga fuqarolarga qisqa muddatli (3 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga) kreditlar taqdim etadi.
Lombardlar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan jalb etiladigan mablag‘lar turlariga aniqlik kiritildi, bu:
• yuridik shaxslar va muassislar-jismoniy shaxslardan zayomlar;
• tijorat banklaridan mablag‘lar.
Ilgari jalb etiladigan mablag‘lar miqdori lombard yoki mikrokredit tashkilotining amalda shakllantirilgan ustav jamg‘armasining 50%idan oshishi mumkin emas edi. Endi esa jalb etilgan mablag‘larning jami hajmi (qoldig‘i) ularning amalda shakllantirilgan ustav jamg‘armasi miqdoridan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Hujjat 23.02.2018 yildan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
11:56 / 11.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti Markaziy banklari kengashi tashkil etiladi
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
23:10 / 07.11.2024
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
11:23 / 01.11.2024