«Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu mashhurlik bo‘yicha Instagram'da ikkinchi o‘rinda bormoqda.
32 yoshli portugaliyalikning o‘quvchilari soni 116 millionni tashkil qiladi. Ayni paytda, u mashhurlik bo‘yicha faqat amerikalik ashulachi
Selena Gomesdan (130 mln o‘quvchi) ortda qolyapti.
Qayd qilish joizki, bir yil ichida Ronalduning o‘quvchilari soni 33 millionga ko‘paygan. O‘tgan yili u ro‘yxatning 6-pog‘onasida borayotgandi.