09:05 / 29.11.2017
19648

Tramp KXDRning raketa sinoviga fikr bildirdi

Foto: © AFP 2017

AQSh prezidenti Donald Trampning bayonot berishicha, KXDRning raketa uchirishi Amerikaning Shimoliy Koreya muammosiga yondashuvini o‘zgartirmaydi. AQSh esa bu vaziyatni hal eta oladi. 

"Biz buni hal qilamiz. Bu biz hal qila oladigan holat", — degan Amerika yetakchisi. "Hech narsa o‘zgarmaydi", — degan u, AQShning ushbu muammoga yondashuvi o‘zgaradimi, deya savol bergan jurnalist murojaatiga javob berar ekan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh bu muammoga "juda jiddiy yondashadi". "Biz bunga juda jiddiy yondashamiz", — deb qo‘shimcha qilgan Tramp.

Avval xabar berilganidek, Yaponiya va Janubiy Koreya harbiylari 29 noyabrga o‘tar kechasi KXDRning raketa uchirganini qayd etishdi. U Yaponiya sohilidan 210 km uzoqlikka kelib tushdi. Janubiy Koreya QK shtab boshliqlari qo‘mitasining ma'lum qilishicha, KXDR uchirgan raketa 4,5 ming km balandlikka ko‘tarilib, 960 km uzoqlikka uchgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Pxenyan qit'alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazgan. 

 

«AQShdagi istalgan joyga yetib borishi mumkin». KXDR bayonot berdi

Mavzuga oid
Top