19:20 / 29.11.2017
12033

O‘zbekiston kubogi finali uchun chiptalar faqat so‘rab murojaat qilganlarga berilmoqda - O‘FF

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston futbol federatsiyasi O‘zbekiston kubogi final uchrashuviga muxlislarning majburlab olib kirilishi haqidagi xabarlarni inkor etdi. Bu haqda tashkilot KUN.UZ‘ga qilgan murojaatnomasida aytib o‘tgan.

«O‘zbekiston Kubogi finalida g‘olib chiqqan jamoaga OChL pley-off bosqichida ishtirok etish huquqi (aslida faqatgina «Bunyodkor» g‘alaba qozonsa, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. «Lokomotiv» guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lgan — Tribuna.Uz izohi) beriladi. Shu sababli «Bunyodkor» va «Lokomotiv» klublari o‘rtasidagi uchrashuvga qiziqish yuqori. Final uchrashuviga kirish chiptalari viloyat futbol federatsiyalari va futbol jamoalari, shuningdek korxonalar, tashkilotlar, mehnat jamoalari va mahallalarga ularning iltimos va murojaatlariga ko‘ra bepul tarqatilmoqda», deyiladi O‘FF bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq uchrashuvni kuzatish uchun OFK prezidenti kelishi munosabati bilan O‘FF oliy liganing barcha klublariga o‘z hududidan 500 nafardan muxlis olib kelishni yuklagani haqida xabarlarchiqqandi.

Top