O‘zbekiston kubogi finaliga ham muxlislar majburlab olib kirilishi kutilmoqda
O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadigan «Bunyodkor» stadionida anshlag bo‘lishi kutilmoqda.
Tribuna.Uz manbasi bergan xabarga ko‘ra, uchrashuvga muxlislar majburlab olib kirilishi rejalashtirilgan. Final uchrashuvini tomosha qilish uchun OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa tashrif buyurishi kutilmoqda. Shu maqsadda O‘FF faxriy mehmon qarshisida bo‘sh stadion bo‘lmasligi uchun turli yo‘llar bilan bo‘lsada arenani muxlislar bilan to‘ldirishni rejalashtirgan.
Qiziq tomoni, uchrashuvni tomosha qilish uchun Oliy liganing har bir klubiga o‘zi joylashgan hududdan 500 nafardan muxlis olib kelish vazifasi yuklatilgan. Finalda Toshkentning ikki jamoasi «Lokomotiv» va «Bunyodkor» to‘p surishiga qaramasdan, boshqa klublarning muxlislari ham stadionida bo‘lishi lozimligi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Barselona» sobiq futbolchisi Karles Puyol Toshkentga tashrif buyurib «Paxtakor» va «Olmaliq» uchrashuvini stadiondan kuzatib borgandi. O‘sha uchrashuvga ham Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlari va kollej talabalari majburan olib kirilgandi. Hozircha O‘zbekiston kubogi finalida ham talabalar majburan olib kirilishi yoki olib kirilmasligi borasida ma'lumotlar yo‘q.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston kubogi finali 4 dekabr kuni dushanba kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 15:00da boshlanadi.
Mavzuga oid
11:20 / 04.12.2019
Tomoshabinlar tashrifi: Superligada eng ko‘p muxlis qaysi klub va shaharlarda?
12:30 / 05.05.2019
Fotoreportaj: Stadionda muxlislik shavqi. «Navbahor» – «So‘g‘diyona» bahsida 25 ming tomoshabin
21:49 / 04.04.2019
PFL klublardan chipta narxini oshirib, muxlislarni quyosh tagiga «haydash»ni talab qildi
23:33 / 25.09.2018