10:10 / 30.11.2017
9680

Ayrim byudjyet tashkilotlarining hisobot shakllari yangilandi

Moliya vazirligining buyrug‘i (2017 yil 23 noyabrda 2837-1-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) bilan Davlat byudjyetidan moliyalashtiriladigan byudjyet tashkilotlari bo‘yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi ayrim choraklik va yillik hisobot shakllari o‘zgartirildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Hujjat bilan quyidagi byudjyet tashkilotlarining tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi yangilangan hisobot shakllari taqdim etilgan:

•  umumta'lim maktablari hamda barcha turdagi ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari;
•  oliy ta'lim muassasalari;
•  ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va grant oluvchilar;
•  fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari.

Moliya vazirining 8.11.2016 yildagi 2837-son qarori bilan tasdiqlangan boshqa tashkilotlar bo‘yicha hisobot shakllari o‘zgarishsiz qoldirildi.

Hujjat 24.11.2017 yildan kuchga kirdi.

Top