09:10 / 30.11.2017
10777

«Barsa» yirik hisobda g‘alaba qozondi va Ispaniya kubogida keyingi bosqichga chiqdi

«Barselona» Ispaniya Kubogining 1/16 finalida «Mursiya»ga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazdi. Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Birinchi uchrashuvda ham kataloniyaliklar g‘alabaga erishgandi — 3:0.

Javob o‘yinida Pako Alkaser, Xerard Pike, Aleyks Vidal, Denis Suares va Xose Arnais bittadan gol urishdi.

«Sevilya» ham «Kartaxena»ni yirik hisobda yengdi — 4:0. Andalusiyaliklar safar o‘yinidan ham yirik hisobdagi g‘alaba bilan qaytishgandi — 3:0.

«Real Sosedad» Segundy V vakili «Leyda» ga 2:3 hisobida yutqazdi. Birinchi o‘yinda Primera vakili 1:0 hisobida yutgandi va endi ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra turnirni tark etadigan bo‘ldi, «Barselona», «Sevilya» va «Leyda» Ispaniya Kubogining 1/8 finaliga chiqadigan bo‘ldi.

Ispaniya Kubogi
1/8 final
Javob uchrashuvlari

«Barselona» - «Mursiya» - 5:0
Gollar: Alkaser, 16, Pike, 56, Vidal, 59, Suares, 73, Arnais, 78
Barselona: Sillessen, Semedu (Arnais, 63), Pike (Kostas, 58), Vermalen, Din, D. Suares, Buskets (S. Roberto, 62), Alena, Deulofeu, Alkaser, Vidal.
Mursiya – Santome, Orfila, Matets (Armando, 64), Vega, Bravo, Lorente, Molinero, Najib, Sanches (Xara, 69), Melgar, Renato (Martin, 60).
Birinchi o‘yin – 3:0

Sevilya – Kartaxena 4:0 (3:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 3 Ben-Yyedder, 2:0 – 6 Ben-Yyedder, 3:0 – 42 Ganso, 4:0 – 66 Korrea.
Sevilya – Soriya, Karol, Korshya, Merkado, Gays, Ganso, Borxa Lasso, Navas, Kron-Deli (Banega, 68), Nolito (Muriel, 61), Ben-Yyedder (Korrea, 46).
Kartaxena – Morales, Chavero (Tote 46), Martinez, Mexias, Kamara (Akeche, 68), Ximenes, Agilyar, Seballos, Abalo, Ruiz, Kuki (Hyugo, 61).
Ogohlantirish: Morales (83).
Birinchi o‘yin: 3:0

Real Sosedad – Leyda Esportiu 2:3 (2:0, 0:3)
Gollar: 1:0 – 24 Lorente, 2:0 – 34 Xuanmi, 2:1 – 56 Nunes, 2:2 – 59, penalti Molina, 2:3 – 87 Radulovich.
Real Sosedad – Ramires, Navas, de la Belya, Martines, Lorente, Priyeto (Subeldiya, 55), Pardo (Surutusa, 61), Kanales, Vela, Xuanmi, Bautista (Oyarsabal, 79).
Leyda Esportiu – Rivas, Satrustegi, Bande, Nunes, Martinez (Ernandez, 90), Xose Lyuis Valente, Molina, Lopes, Trilles, Feliks (Pumar, 66), Negra (Radulovich, 76).
Ogohlantirishlar: Ramires (58), Subeldiya (75), Molina (78).
Birinchi o‘yin: 1:0

Top