Light | 01:33 / 30.11.2017
89114
4 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng g‘aroyib 10 daraxti (fotojamlanma)

Birgina daraxt bir yilda 120 litr kislorod ishlab chiqaradi. Bu 4 kishidan iborat oilani toza havo bilan ta'minlash uchun yetarli... Ko‘rdingizmi, hatto oddiy daraxtlar ham ajoyib bo‘lishi mumkin, Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgan daraxtlar haqida-ku qancha gapirsak, arziydi! Don'tPanic har birini haqiqiy san'at asarlariga tenglashtirish mumkin bo‘lgan daraxtlar haqidagi ma'lumotlar va suratlar bilan bo‘lishdi.

Foto: Qamoq-daraxt

Qamoq-daraxt

Aslida bu bor-yo‘g‘i G‘arbiy Avstraliyaning Derbi qishlog‘i yaqinida o‘suvchi ulkan baobabdir. Bu ulkan baobab tanasining diametri - 14 metr. XX asr boshlarida mahalliy politsiyachilar daraxt tanasida katta g‘ovak yasab, o‘sha yerda jinoyatchilarni saqlashgan.

Foto: Dratsena

Dratsena

Qadimiy hind afsonasida aytilishicha, qachonlardir Sokotra orolida fil qonini ichuvchi ajdar yashagan ekan. Bir kuni qabilaning katta va kuchli yetakchisi ajdarni mag‘lub qilibdi va uning ichidan ichgan barcha qoni sizib chiqib, atrofga tarqalibdi - shu joylarda dratsenalar nomini olgan g‘aroyib daraxtlar o‘sib chiqibdi. Dratsenani faqatgina Sokotrada uchratish mumkin, ular nima uchundir boshqa yerlarda o‘smaydi.

Foto: Jabotikaba

Jabotikaba

Tropik kengliklarda Mirtalar oilasiga mansub bu o‘simlikni hosildor daraxt sifatida e'zozlashadi. Jabotikaba mevalari daraxt tanasining o‘zida o‘sadi! Shunisi qiziqki, Braziliyada uning mevalaridan ajoyib qizil vino tayyorlashadi.

Foto: Pennatiya Beylisa

Pennatiya Beylisa

Otago universiteti professori Jyeff Beylis Ginnesning Rekordlar kitobidan joy olgan bunday turdagi o‘simlikning yagona vakilini aniqlagan. Pennatiya Beylisa Yangi Zelandiyada o‘sadi va u politsiya muhofazasidadir.

Foto: Janubiy agatis

Janubiy agatis

Daraxtlarning bu turi dinozavrlarni ko‘rgan. Paleontologlarning hisoblashicha, agatis birinchi marta 150 million yil ilgari paydo bo‘lgan. Mangu yashil daraxt odatda 50 metr balandlikkacha o‘sadi.

Foto: Egri o‘rmon

Egri o‘rmon

Dunyoning eng noodatiy o‘rmonlaridan biri Polshaning Grifeno shaharchasi yaqinida joylashgan. Qarag‘ay daraxtlari nima uchundir shimol tomon egilib o‘sadi, keyin esa yana to‘g‘irlanadi. Nima uchun bunday ekanini hech kim bilmaydi.

Foto: Kamalaksimon evkalipt

Kamalaksimon evkalipt

Bu daraxt turi noyob rangli qobig‘i bilan ajralib turadi. Kamalaksimon evkaliptni faqatgina Shimoliy yarimsharda uchratish mumkin. Daraxt bo‘yi 75 metrgacha yetadi, uning tanasi diametri esa - 2,5 metr. Shunisi qiziqki, daraxt qobig‘ining rangi uning yoshiga qarab o‘zgarib boradi.

Foto: Cherkov-eman

Cherkov-eman

Fransiyadagi eng qadimiy eman 1932 yilda tarixiy yodgorlik maqomiga ega bo‘lgan. XV asrda ushbu eman cherkovga moslashtirilgan.

Foto: Krit zaytun daraxti

Krit zaytun daraxti

Dunyoning eng qadimiy zaytun daraxti bugungi kungacha meva berib kelmoqda. U 4 ming yil ichida deyarli o‘zgarmagan va hozirda Krit universiteti olimlarining diqqat-eʼtibori markazida.

Foto: Nodir Zakirov (s)

Farishta emani

Ushbu noyob eman Janubiy Karolina (AQSh)ning kichik milliy parki hududida o‘sadi. Balandligi - 20 metr, tana diametri - 3 metr, shoxlari tarqoqligi - 160 kvadrat metr! Farishta emanining yoshi - 1,5 ming!

Mavzuga oid