Sport | 12:43 / 01.12.2017
21502
2 daqiqa o‘qiladi
APL tarixidan 10 qiziqarli fakt
«Tribuna» Angliya premer-ligasi tarixidagi eng qiziqarli 10ta faktni keltirib o‘tadi.
- Rayan Giggz APL tarixida eng ko‘p o‘yin davomida almashtirilgan futbolchidir – 134 marotaba;
- Mario Balotelli APLdagi faoliyati davomida atigi 1 marta golli pas amalga oshirgan. U ham bo‘lsa, «KPR»ga qarshi o‘yinda Serxio Agueroga oshirib berilgan. O‘sha gol «Manchester Siti»ga chempionlikni olib kelgandi;
- Keyin Devis, Ueyn Runi va Garet Beyl APL tarixida bir o‘yinda ham gol, ham assist, ham avtogol sohibi bo‘lgan uch futbolchidir№
- «Manchester Yunayted» birinchi bo‘limni g‘alaba bilan tugatgan hech qaysi o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan;
- Angliya Premer Ligasi paydo bo‘lganidan (1992 yil) keyin tavallud topgan futbolchilar orasida faqat uch futbolchi liga o‘yinlarida het-trik sohibi bo‘lib ulgurdi – Harri Keyn, Romelu Lukaku, Rahim Sterling;
- 2014/15 yilgi mavsumda «Lester» 140 kun davomida turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida borgan, ammo keyinchalik ligadagi o‘rnini saqlab qolishni uddalagan. Bu ko‘rsatkich ligada jon saqlab qolgan jamoalar ichida eng uzun davrdir. Keyingi yili nima bo‘lganini yaxshi bilasiz;
- Piter Krauch boshi bilan 50 gol urgan. Bu APL da o‘ynagan 16 jamoaning urgan gollaridan ko‘proqdir;
- Richard Rayt APLda hammasi bo‘lib 12 o‘yinda maydonga tushgan. «Arsenal» (12) va «Manchester Siti» (0) o‘yinchisi hisoblangan. Va uning hisobida 2 APL medali bor. Bechora Jyerard...
- Yago Aspasning APLda amalga oshirgan burchak to‘plari uning darvozaga bergan zarbalaridan ko‘proqdir.