17:12 / 01.12.2017
8908

Hindistonda ro‘y bergan to‘fon oqibatida 86 kishi bedarak yo‘qoldi

Foto: Reuters

Hindistonning janubiy shtatlarida ro‘y bergan kuchli to‘fon sababli 8 kishi halok bo‘ldi, yana 86 kishining taqdiri noma'lumligicha qolayapti. "Okhi" deb nomlangan tabiiy ofat 30 noyabrda boshlangan edi, deb xabar qilmoqda NDTV telekanali.

Ma'lumotlarga ko‘ra, to‘fon Kerala va Tamilnad shtatlarida o‘z hukmini o‘tkazmoqda. Shu vaqtga qadar daryo sohillaridan pasttekislikda yashaydigan 845 kishi xavfsiz joylarga ko‘chirilgan. 50 ta baliqchilik qayig‘ida dengizga chiqqan 86 baliqchi qidirilmoqda. 

Hindiston meteorologiya xizmatiga ko‘ra, Tamilnad shtati janubida shamol tezligi soatiga 65-75 km.ni tashkil etmoqdaa. Shtatning 4 maktabi yopilgan, odamlarga uydan chiqmaslik tavsiya etilmoqda. 

Top