09:19 / 01.12.2017
13287

Ispaniya Kubogi. Keyingi bosqichga chiqqan barcha jamoalar nomi ma'lum

«Valensiya» javob uchrashuvida «Sarogosa» ustidan g‘alabaga erishdi va Ispaniya Kubogining 1/8 finaliga chiqdi. Birinchi uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan valensiyaliklar «Mestalya»da raqibni tor-mor qildi - 4:1. 

Santyago Lorenso dubl qayd etdi, yana ikki gol Roberta Ibanes va Ruben Vezu hisobiga yozildi. Mehmonlarning javob goliga Xorxe Pombo mualliflik qildi. 

1/16 final doirasidagi yana bir uchrashuv «Betis» va «Kadis» o‘rtasida kechdi va unda 8 gol urildi - 3:5. Javob uchrashuvidagi g‘alaba kadisliklarni keyingi bosqichga olib chiqdi. 

Kristian Telo «Betis» safida ikki gol urdi, Daniel Romera «Kadis» uchun dubl qayd etdi.

«Vilyarreal» esa bu bosqichda «Ponferradina»ni mag‘lub etdi. Vilyarrealdagi «El-Madrigal» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Sariq submarinalar» safida Sedrik Bakambu ikki gol urdi, yana bir gol — Karlos Bakka hisobiga yozildi. «Vilyarreal» «Ponferradina»ni umumiy hisobda 3:1ga yengdi va turnirning 1/8 finaliga o‘tdi.

Shuningdek, «Tenerife»ni 3:2 hisobida yenggan «Espanol» keyingi bosqichga chiqdi (birinchi uchrashuvda nolli durang qayd etilgandi), «Xetafe»ni ikki uchrashuvda ham taslim qilgan (1:0, 3:0) «Alaves» ham keyingi bosqichda.

Shu tariqa, quyidagi jamoalar turnirning nimchorak finalida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi: «Real», «Barselona», «Valensiya», «Sevilya», «Selta», «Levante», «Leyda», «Atletiko», «Vilyarreal», «Leganes», «Las-Palmas», «Espanol», «Alaves», «Formentera», «Numansiya», «Kadis».

Ispaniya Kubogi
4-raund
Javob uchrashuvlari

Valensiya – Saragosa 4:1 (1:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 28 Santi Mina, 2:0 – 59 Santi Mina, 3:0 – 68 Ibanes, 4:0 – 86 Ruben Vezu, 4:1 – 87 Pombo.
Valensiya – Domenek, Toni Lato, Gabriel, Ruben Vezu, Nacho Vidal, Maksimovich, Pereyra (Ibanes, 63), Nacho Xil (Ferran Torres, 71), Parexo (Soler, 62), Dzadza, Santi Mina.
Saragosa – Alvaro Raton, Vicente (Delmas, 70), Xesus, Dani Lasure, Grippo (Aleks Zalayya, 74), Pombo, Ros, Guti, Buff, Agilyar, Vinisius Araujo (Ray Nasimento, 61).
Ogohlantirish: Pereyra (62).
Birinchi o‘yin: 2:0

Alaves – Xetafe 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 3 Munir, 2:0 – 31 Krkich, 3:0 – 69 Munir.
Alaves – Sivera, Diyeges, Agirregabiria, Eli, Torres, Pedrasa, Medran (Manu Garsiya, 66), Burgi, Ibai Gomes (Zidan, 73), Munir (Santos, 73), Krkich.
Xetafe – Martines, Molinero, Antunesh, Gorosito, Kala (Bruno Gonsales, 46), Portilo (Anxel, 59), Arambarri (Pacheko, 59), Fajr, Mora, Alvaro, Dediu.
Ogohlantirishlar: Torres (13), Gorosito (42), Portilo (44), Eli (47), Krkich (80).
Birinchi o‘yin: 1:0

Espanol – Tenerife 3:2 (1:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 10 Akosta, 1:1 – 36, penalti Moreno, 2:1 – 57 Granero, 3:1 – 90 Garsiya, 3:2 – 90 Xuan Karlos.
Espanol – Lopes, Naldo, Vila, Lopes (Mark Navarro, 73), Lopes Silva, Xurado, Granero, Diop (Darder, 55), Melendo, Vaskes (Garsiya, 55), Moreno.
Tenerife – Abad, Aveldano, Ximenes (Brayan Martin, 63), Kamiy (Sans, 63), Saens, Malbashich, Saens, Tironne del Pino, Akosta, Kamara, Kasadesus (Xuan Karlos, 86).
Ogohlantirishlar: Saens (35), Moreno (36), Kamara (38), Lopes Silva (40), Akosta (41), Ximenes (46), Kamiy (57), Vila (80).
Birinchi o‘yin: 0:0

Vilyarreal – Ponferradina 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 47 Bakambu, 2:0 – 62 Bakambu, 3:0 – 64 Bakka.
Vilyarreal – Asenxo, Pau Torres, Kosta, Rukavina, Ruis, Rodri Ernandes, Chuka, Soriano (Bakka, 55), Raba, Bakambu (Trigeros, 75), Sansone (Fornals, 12).
Ponferradina – Moldovan, Garsiya (Palazon, 65), Morenr, Garsiya, Krespo, Andi, Fernando (Rios, 50), Dias, Sidoncha (Pallares, 56), Kayadu, Fonseka.
Ogohlantirish: Soriano (31).
Birinchi o‘yin: 0:1

Betis – Kadis 3:5 (2:4, 1:1)
Gollar: 0:1 – 3 Barral, 1:1 – 8 Budebuz, 1:2 – 18 Romera, 2:2 – 24 Telo, 2:3 – 26, penalti Aytor Garsiya, 2:4 – 41 Romera, 3:4 – 64 Telo, 3:5 – 78 Ketsoyevich.
Betis – Dani Ximenes, Mandi, Toshka, Rafa Navarro (Barragan, 46), Durmisi, Kamarasa, Budebuz, Matias Nauel (Guardado, 46), Telo, Leon, Narvaes (Sanches, 77).
Kadis – Yanes, Ketsoyevich, Mauro Lopes, Olivan, Niko Idalgo, Fernandes, Abdulla, Aytor Garsiya (Salva Sanches, 69), Barral (Xon Garrido, 85), Romera, Traore (Garsiya Rivera, 68).
Ogohlantirishlar: Traore (28), Budebuz (44), Narvaes (70), Kamarasa (88).
Birinchi o‘yin: 2:1

Mavzuga oid
Top