O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 noyabr kuni ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Hujjatda Ichki ishlar vazirligining kadrlarni yollash va joylashtirish, ularning zaxirasini shakllantirish, ichki ishlar organlari xodimlarining xizmatlarini tashkil qilish sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topildi.
Ichki ishlar vazirligi va uning bo‘linmalariga amaldagi kuchlar va vositalar o‘rtasida samarali boshqaruv tizimi hamda ularning o‘zaro harakatini yaratish, jinoyatlar oldini olishning tezkorligini ta'minlash, shuningdek jinoyatlar to‘g‘risidagi xabarlarni o‘z vaqt qayd etish hamda ularga javob qaytarish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.
Ish tajribasi davomiyligini, yosh xodimlarni xizmatga moslashuvi samaradorligini, kasbiy rivojlanish jarayonini tezlashtirishni va belgilangan tezkor-xizmat vazifalarni mustaqil ravishda bajarish qobiliyatini rivojlantirishni ta'minlaydigan samarali ustozlik tizimini joriy etish rejalashtirilgan.
Endilikda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosarlari va Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmalari boshliqlari har chorakda joylarga chiqish orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlarning ichki ishlar boshqarmalari sohaviy xizmatlari rahbarlari, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlari rahbarlari tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlari va erishilgan natijalar bo‘yicha hisobotlarini tinglaydi.
Har yarim yillik natijalar asosida ular Ichki ishlar vazirligining kollegiyasida xizmat va ijro intizomini oshirish, xizmatni tashkil etish, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha shaxsan hisobot taqdim etadi, shuningdek, tashabbussiz va mas'uliyatsiz rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash, ijobiy natijalarni tarqatish va ulardan foydalanish bo‘yicha choralar qabul qilishni nazarda tutadi.
Qarorga binoan Ichki ishlar vazirligining oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilingan fuqarolar bilan ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimlash bo‘yicha yo‘llanma berilgan taqdirda, boshqa davlat organlarida majburiy ravishda doimiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ta'lim olish yakunlanganidan so‘ng besh yil davomida shartnoma tuziladi. Ichki ishlar organlarining yuqori rahbariyat tarkibining lavozimi, asosan, Ichki ishlar vazirligining rahbar kadrlarni tayyorlash bo‘yicha fakultetini (yuqori kurslarni) bitirgan xodimlar hisobidan shakllantiriladi.
















