Turkiyada bitkoin islomga zid deb tan olindi

Foto: EAST NEWS
Turkiyaning din ishlari boshqarmasi bitkoinni islom g‘oyalariga zid deb tan oldi. Bu uning chayqovchilik xususiyati bilan bog‘langan, deb yozmoqda Cointelegraph.
Xabarda aytilishicha, musulmonlarga o‘z tabiatiga ko‘ra chayqovchilik instrumentlaridan foydalanish taqiqlangan. Shu sababli bitkoin islom g‘oyalariga zid keladi. Xuddi shu tamoyil qolgan kriptovalyutalarga, jumladan blokcheynlar negizidagi onlayn-xizmat Ethereum’ga ham taalluqli.
“Kriptovalyutalarni sotish va sotib olish ayni vaqtda islom me'yorlariga to‘g‘ri kelmaydi, chunki uning kursi chayqovchilikka bog‘liqdir. Bitkoin jinoiy faoliyat, jumladan pullarni yuvish uchun oson qo‘llanishi mumkin va hukumat tomondan nazorat qilinmaydi”, deb ma'lum qilingan Enson Haber nashrida. Bitkoinning jinoiy faoliyat uchun qo‘llanishi Suriyaga yaqinligi sababli Turkiyaga ayniqsa xavflidir.
Turkiyaning din ishlari departamenti Diyanet ushbu bayonotni bitkoinning 11 ming dollardan oshib, so‘ngra 15 foizga arzonlashgani oldidan 24 noyabrda chop etgan.
Turkiya PayPal to‘lov xizmati mamlakat hududida taqiqlangandan keyin ma'lum vaqt bitkoin-startaplarni jalb qilgan. PayPal’ning o‘rnini mahalliy bitkoin-birjalar egallagan, biroq BTCTurk 2016 yilda ushbu faoliyatni to‘xtatgan, chunki hukumat uning hisob raqamini ogohlantirishsiz to‘xtatgan. Treyderlar uchun bitkoin turk lirasi o‘rniga yaxshi muqobil hisoblanadi.
Islom istalgan chayqovchilikni, qimor o‘ynash va sudxo‘rlikni taqiqlaydi. Musulmon davlatlarida bu qoidalardan qochish uchun islom bankingi paydo bo‘lgan. Turkiyada ko‘p yillar davomida ommaviy joylarda islomga berilganlikni namoyish qilish ma'qullanmagan, biroq amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an dinni qo‘llab-quvvatlovchi siyosat olib boradi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49
-
Amerikalik kardinal yangi Rim papasi etib saylandi
Jahon | 22:32
-
Jizzax viloyatida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi
O‘zbekiston | 22:21
-
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi
Jahon | 22:17
Mavzuga oid

19:46 / 04.05.2025
Turkiya muxolifati yetakchisi Istanbulda hujumga uchradi - video

11:09 / 28.04.2025
“Farzandlarimiz turk erkaklari quchog‘ida qolmoqda” – Turkiyadagi o‘zbek xotin-qizlari taqdiri haqida suhbat

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

10:49 / 14.04.2025