Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«U sizga Dimon emas». Medvedev Navalniyni nega sudga bermaganini aytdi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev o‘z interyusida muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyni nega sudga bermaganini ma'lum qildi. Eslatib o‘tamiz, Navalniy Korrupsiya bilan kurash jamg‘armasining (KKJ) «U sizga Dimon emas» («On vam ne Dimon») filmini taqdim etgandi. Medvedevning aytishicha, Navalniyni «qo‘shimcha reklama» qilmoqchi emas.
«Yaramaslar va firibgarlar haqida qancha ko‘p gapirsang, ular shuncha mashhur bo‘lib ketadi», - deya aytib o‘tdi Medvedev. Aynan shuning uchun, bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, u Navalniyni sudga bermagan. «Uni qo‘shimcha tarzda reklama qilishimning nima keragi bor? Hech qanday mantiq yo‘q. Agar ular firibgar bo‘lsa – demak, firibgarligicha qoladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u. Medvedev bu borada batafsil izoh berishdan bosh tortgan: «Yo‘q, intervyulardan birida u yerda nimalar qilingani haqida hammasini aytib berdim. Boshqa izoh bera olmayman».
Medvedevdan ushbu intervyu davomida rejissyor Kirill Serebrennikov va «Yettinchi studiya» («Sedmaya studiya») bo‘yicha ish borasidagi fikrlari bilan ham qiziqishdi. Eslatib o‘tamiz, Serebrennikovni 68 million rublni o‘g‘irlashda ayblashmoqda. Medvedev bu holatni «shov-shuvli» deb atadi, biroq o‘z pozitsiyasi haqida batafsil gapirishdan bosh tortdi. «Bunday narsalarga izoh berish – shart bo‘lmagan narsa», - dedi u.
Dmitriy Medvedev shu va boshqa savollarga 2008 yildan beri har yili o‘tkaziladigan intervyuda javob berdi. Bu safar u bilan jurnalistlar Valeriy Fadeyev (Birinchi kanal), Sergey Brilev (VGTRK), Iroda Zeynalova (NTV), Mixail Fishman («Dojd») va Igor Poletayev (RBK) suhbatlashdi.
Ma'lumot uchun, KKJning «U sizga Dimon emas» surishtiruvi 2 mart kuni e'lon qilindi. Filmda iddao etilishicha, Rossiya bosh vaziri ko‘chmas mulklar, yaxtalar va boshqa narsalarga notijoriy jamg‘armalar tarmog‘i orqali egalik qiladi, ularni esa uning «do‘stlari, kursdoshlari va ishongan odamlari» boshqaradi. Ushbu surishtiruv e'lon qilinganidan so‘ng, 26 mart kuni butun Rossiya bo‘ylab «U sizga Dimon emas» korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli mitinglari bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
09:42 / 11.12.2025
Ekspertlar: Rossiya frontdagi yo‘qotishlarni qoplayapti, qo‘shin soni oshmayapti
23:45 / 07.10.2025
Medvedev: «Yevropaliklar so‘yilishga ketayotgan hayvonday titrasin»
22:39 / 30.09.2025
Tramp yadroviy tahdidlari tufayli Medvedevni «ahmoq odam» deb atadi
11:35 / 04.08.2025