00:50 / 01.12.2017
68944

O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda

Foto: Kun.uz

O‘zgidromet ma'lumotlariga ko‘ra, 1-2 dekabrda O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi. Ba'zi joylarda kuchli yomg‘irlar qorga aylanishi, shamol tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.

2-3 dekabrda esa havo harorati keskin pasayishi prognoz qilinmoqda: kechasi harorat minus 5-10 gradus sovuq, kunduzi -2 dan +3 gradusgacha bo‘ladi. O‘zbekistonning shimoliy qismida kechasi harorat minus 7-12 gradusgacha, kunduzi esa minus 2-7 gradusgacha pasayadi.

Kechasi minus 5-10 gradus va kunduzi -2 dan +3 gradusgacha sovuq harorat 7 dekabrgacha saqlanib qoladi. 

Toshkentda 1 dekabrda kechga yaqin qorga aylanishi mumkin bo‘lgan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol tezligi 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-3 gradus, kunduzi esa 3-5 gradus iliqni tashkil qiladi.

 

Top