14:30 / 01.12.2017
16254

Jyeff Bezosning kompaniyasi 129 mamlakatdan qimmat!

Foto: EAST NEWS

Amazon borgani sari o‘z ko‘lamini yanada kengaytirmoqda: uning korporatsiyasi befarq bo‘lmagan butun bir bozorni yo‘q qilish uchun Jyeff Bezos ishorasining o‘zi yetarli. Biroq uning dahosi  Amazon bilan shafqatsiz o‘yin o‘ynashi mumkin, deb yozadi Quartz.

Fortune jurnalining 1999 yilgi arxivida biznes jurnalistikasining eng uzoqni ko‘ra biluvchi sarlavhalaridan biri mavjud: «Amazon vs Everubody» («Amazon barchaga qarshi»). Ta'kidlash joizki, bu AQShdagi sud ishlari nomlarining muqobilidir. 

Yigirma yil o‘tib, haqiqatda «barcha»ning imkoni kam, deya kinoya qiladi Quartz. Morgan Stanley tahlilchilarining fikricha, 2018 yil oxiriga borib Amazon trillion dollarga baholanadi, uning bozor kapitalizatsiyasi esa, Walmart qiymati va JAR, Tailand hamda Avstriya kabi mamlakatlar YaIMdan ikki barobarga ko‘pdir. Jyeff Bezos 100 milliard dollari bilan 129 mamlakatdan qimmat turadi.

Amazon o‘z ustuvor jihatlariga ega bo‘lishiga qaramay, uning shiddatli o‘sishi faqat Bezosning falsafasi va mijozlarning odilligiga bog‘liq. 

«Bizning maqsadimiz -  dunyodagi eng mijozga yo‘naltirilgan kompaniya bo‘lish, - degan Bezos. - Biz odamlar o‘zlari uchun internetda xarid qilishni istagan barcha narsalarni topishi mumkin bo‘lgan joyni qurmoqchimiz».

Natijada jamoatchilik Amazon haqida so‘zsiz ijobiy fikrda bo‘ladi - bu bitimlar va yutilishi iste'molchilarda norozilik keltirib chiqarmaydigan yagona kompaniya. U hech kim nafratlanmaydigan "yovuzlik imperiyasi" kabi. Omma iliq qarshi oluvchi «Leviafan» kabi. Hatto yaqinda NY Times'da chop etilgan kompaniyadagi og‘ir mehnat sharoitlari bilan bog‘liq piar-mojaro ham uning nufuziga deyarli tasir ko‘rsatmadi.

Shunday tasavvur paydo bo‘lyaptiki, so‘nggi vaqtda Bezosning xaridlari ko‘proq Amazon rivojiga hissa qo‘shishdan ko‘ra ko‘proq g‘alaba qozonish istagi bilan bog‘liq. Masalan, tayyor taom qadog‘ining tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish hech qanday tafsilotlarsiz shu sohaga ixtisoslashgan Blue Apron aksiyalari narxini 19 foizga tushirib yubordi. Biroq shundoq ham mukammal raqobat hukm surayotgan kichik bozorning Amazon'ga nima keragi bor?

Amazon'ning bozordagi hukmronligi shu qadar kattaki, Bezosning biror kompaniya rahbari bilan tushlik qilayotgani haqidagi birgina xabar ham uning aksiyalariga kuchli ta'sir ko‘rsatishi mumkin va bu biroz xavotirli.  

Shunday bo‘lsa-da, jamoatchilikning Amazon'ni ma'qullash yoki ma'qullamasligiga oid ehtimoliy o‘zgarishlar kompaniya ko‘rsatkichlariga u qadar kuchli ta'sir ko‘rsatmaydi (biz Facebook'ga to‘liq ishonmasak ham, undan foydalanishda davom etganimiz kabi). Biroq u boshqa yirik yirtqichni - Google kabi AT-korporatsiyalar bilan kurashda siyosiy ochko ishlab olish niyatidagi AQSh hukumatini uyg‘otib yuborishi mumkin. Bundan tashqari, AT-kompaniyalarning kengayib borayotan hukmronligi - amerikalik siyosatchilar va Donald Trampni birlashtirishi mumkin bo‘lgan yagona jihat.

Amazon o‘z mijozlarining iste'molchilik tajribasi borasida qayg‘urib, daromad keltirgani bois muvozanat saqlanib turadi. Biroq u iste'molchilar bilan hisoblashmaydigan kompaniyalar lageriga o‘tsa, unga bo‘lgan muhabbat bittada yo‘q bo‘lishi mumkin.

1911 yilda Standard Oil bozor ulushining 64 foiziga yetib, 1980 yilda qabul qilingan Sherman akti (AQShning aksilmonopoliya qonuni)ga muvofiq yo‘q qilingan. «Qora juma» yakunlariga ko‘ra, iste'molchilarning deyarli 50 foizi Amazon'da xaridni amalga oshirgan.  

Mavzuga oid
Top