16:47 / 02.12.2017
21533
Reklama

General Mobile 6D: General Mobile smartfonlarining munosib davomchisi!

General Mobile O‘zbekistonda Android One dasturiga asoslangan yangi General Mobile 6D smartfonini taqdim etdi.

 

Foto: General Mobile

1 dekabr kuni Qoratoshdagi “MEDIAPARK BOZORI”da yangi General Mobile 6D smartfonini taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda ko‘pchilik bo‘lib tashrif buyurgan General Mobile muxlislari yangi smartfonni afzalliklari bilan tanishib chiqdilar. 

Mukammal

General Mobile 6D chiroyli tashqi ko‘rinishga ega va uning texnik xususiyatlari juda ham yuqori, shu tufayli GM 6D yuqori darajada tez ishlaydi. Ekran sensori ham o‘ta sezgir, dasturlar esa bir zumda ochiladi. Ushbu tezlik 4 ta 1.5 GHz li Cortex A 53 yadroli Mediatek protsessori va 3 GB operativ hotira yordamida amalga oshiriladi.

Foto: General Mobile

          General Mobile 6D smartfoniga ikkita yuqori sifatli kamera o‘rnatilgan. Asosiy kamera 13 MP, frontal kamera esa 8 MP. Orqa tomonda o‘rnatilgan  ikkitalik LED va oldi tomonda o‘rnatilgan LED yoritkichlar yordamida kun va  tunga e'tibor bermay, har vaqtda bemalol suratga tushirsa bo‘ladi. Asosiy kameraga o‘rnatilgan avtofokus xususiyati yordamida ajoyib suratlar yaratsangiz bo‘ladi, Google photo esa ularni ko‘p yillarga saqlab qoladi.

          Sizning barcha foto va videolaringiz smartfonning 5 dyuymlik IPS ekranida tasvirlanadi. General Mobile 6D ning ekrani HD formatga ega.
Ushbu smartfonda siz sevimli kino va dasturlaringizni yuqori sifatda tomosha qilishingiz mumkin. HD formatidan tashqari, GM 6D Dolby Audio tizimli tovushga ega.

Foto: General Mobile

Dolby Audio tizimi sizni hatto quloqchinlarda ham realistik virtual hajmli tovush bilan ta'minlaydi. Hajmli tovush shunchalik sifatliki, kino ko‘rganingizda huddi kinoteatrda o‘tirgandek bo‘lasiz.

Ishonchli himoya

General Mobile 6D smartfoni sizning ma'lumotlaringizni ishonchli himoya qiladi, va uning o‘zi ham xilma xil zararlanishlardan himoyalangan.

Smartfonning ekrani Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan.

Gorilla Glass – maxsus zarblarga chidamli shishadir. Shishani ishlab chiqaruvchi korxona xodimlarining aytishicha, Gorilla  Glass 1.6 metr balandlikdan yerga tushib ketgan holatlarning 80% da butun qoladi.        Smartfondagi ma'lumotni himoyasi uchun GM 6D da barmoq izi himoyasi mavjud. Ushbu himoya bilan telefonga grafik yoki raqamli parol umuman shart emas. General Mobile 6D smartfoni ma'lumotlaringizni ishonchli saqlaydi!

Foto: General Mobile

Doimo yangi

General Mobile 6D smartfoniga  Android One dasturiga asoslangan “Android  Nougat” o‘rnatilgan. Nougat operatsion tizimi mutlaqo toza va hech qanday o‘zgartirishlar kiritilmagan dastur bo‘lib, uning xavsizligini Google korxonasi nazorat qiladi. Dekabr oyida operatsion tizim yangi  
“Android Oreo” ga o‘zgarishi rejalashtirilgan.  Android Oreo – yanada tezroq, yanada aqlliroq, va klassik Android dasturlariga yanada ko‘proq moslashtirilgan operatsion tizimdir.

Android Nougat nafaqat xavfsiz, balki, xilma xil xususiyat va qobiliyatlarga ega. Masalan GBoard, Google duo va Google photo – Android yangi dasturlari sizga yoqishi aniq.

Gboard -  Android uchun yaratilgan maxsus virtual klaviatura.

Yangi klaviatura yordamida yozuvdan umuman chalg‘imaysiz! Agar do‘stingizga biror bir surat yoki gif yoki internet sahifaning manzilini yubormoqchi bo‘lsangiz, Gboard ni o‘zidayoq G tugmasini bosib Google qidiruv tizimidan foydalanishingiz mumkin. Qidiruv tizimida uch toifa, ya'ni rasmlar, gif – rasmlar va WEB - sahifa manzillari kabi toifalardan birini tanlashingiz mumkin. Gboard yozilayotgan so‘zlarni oldindan bilib, yozayotgan matningizni o‘rningizga tugata oladi. Bundan tashqari, unda uzluksiz kirituv deb nomlangan xususiyat mavjud. Ushbu xususiyat, barmoqni ekrandan uzmasdan yozish imkonini beradi.

Gboard klaviaturasi - qulaylikni yangi darajasidir!

Foto: General Mobile

Google duo – videoqo‘ng‘iroqlar uchun yaratilgan yangi dasturdir. Ushbu turdagi dasturlardan uning eng katta farqi bu Google duo ning oddiyligidir. Hech qanday ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Dasturda telefon raqamingizni yozishingiz bilan u ishga tushadi va telefoningizni xotirasida yozilgan hamma telefon raqamlarini dastur xotirasiga kiritadi. Google duo ishga tushishi bilan qadrdonlaringizga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Qung‘iroq uchun sizning suhbatdoshingizni smartfonida ham Google duo dasturi o‘rnatilgan bo‘lsa bas.

Google photo – foto va video saqlash va sortlash uchun mo‘ljallangan maxsus servis. Ushbu dastur yordamida siz Google serverlarida 16 MP va 1080 P dan oshmagan surat va videolarni cheksiz sonda saqlashingiz mumkin.
Google - Photos bu odamlar yuzi va joylarni ajrata oladigan maxsus dastur.
Masalan, agar bir odamni turli rasmlari serverga yuklansa, u aynan shu odam uchun maxsus joy yaratadi va rasmlarni o‘sha yerda saqlaydi. Ushbu tizim suratga olingan joylar bilan ham ishlaydi. Ularni tanib qoladi va saralaydi. Google Photos da aqqli qidiruv xususiyati juda yaxshi ishlangan. U har bir yuklangan suratni ajratib unga maxsus teg o‘rnatadi. Ushbu teglar bo‘yicha aynan sizga kerakli rasmni topish juda oson. Masalan qidiruv bo‘limiga “ko‘k qush” deb yozsangiz, Google Photos aynan ko‘k qushni suratini topib beradi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, General Mobile 6D juda ham ko‘p xususiyat va qobiliyatlarga ega. Bu smartfonda siz yuqori sifatda kino ko‘rsangiz yoki musiqa tinglasangiz bo‘ladi. Internetdan foydalanish va mobil o‘yinlar o‘ynash ham General Mobile 6D uchun muammo emas. General Mobile 6D – yanada aqlli, yanada qobiliyatli!

Foto: General Mobile

Taqdimot jarayonida General Mobile tomonidan 10 sentabrdan 10 noyabrgacha bo‘lib o‘tgan aksiya natijalari ham aniqlandi. Aktsiya qoidalari bo‘yicha, 10-sentabrdan 10-noyabrgacha General Mobile 5D smartfoni sotib olgan xaridorlar aksiyada ishtirok etdilar. Aktsiyada sovrin sifatida o‘ynalgan 30 ta Artel televizorlarini qo‘lga kiritgan g‘oliblarning ismlari aniqlandi.                                                                             

Aktsiya g‘oliblari haqida to‘liq ma'lumotga quyidagi raqam orqali ega bo‘lishingiz mumkin (71) 150-99-88

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top