23:06 / 02.12.2017
16641

Hindistonda o‘ldiga chiqarilgan chaqaloq krematsiya oldidan jonlanib ketdi  

Foto © REUTERS/Saumya Khandelwal

Hindistonda shifokorlar tomondan o‘lgani qayd qilinib, ota-onasiga qaytarib berilgan yangi tug‘ilgan chaqaloq jonlanib ketdi. 

Ma'lum qilinishicha, bir ayol Max Hospital shifoxonasida egizak farzandlarni dunyoga keltirgan. Egizaklardan qiz bolasi darhol o‘lgan, o‘g‘il bolasi esa og‘ir ahvolda bo‘lgan va o‘pkani sun'iy shamollatishga ehtiyoj sezgan. Biroq bolaning oilasida bunga pul bo‘lmagan va shunda ular boshqa shifoxonaga murojaat qilishlariga to‘g‘ri kelgan. Biroq bu shifoxonada ikkinchi bolaning ham o‘lgani qayd qilingan.

Ota-ona farzandlarining jasadlarini polietilen paketlarda olib, krematoriyga yo‘l olgan. Biroq qandaydir lahzada o‘g‘il bola jasadi solingan paket qimirlay boshlagan.

Aniqlanishicha, bola tirik bo‘lgan. Uni yaqin oradagi shifoxonaga olib borishgan. Hozirda bolaning ahvoli barqaror, ammo uni o‘ldiga chiqargan shifoxonada tekshiruv olib borilmoqda. Bolaning o‘lganini qayd qilgan shifokor esa muddatsiz ta'tilga chiqarib yuborilgan. Bolaning ota-onasiga barcha zaruriy yordam ko‘rsatilmoqda.

Top