10:55 / 02.12.2017
27863

“Qasoskorlar 3” filmining treyleri barcha rekordlarni ortda qoldirdi

Kuni-kecha namoyish qilina boshlagan “Qasoskorlar 3: Cheksizlik urushi” filmining treyleri barcha rekordlarni ortda qoldirib, barcha zamonlarning eng ko‘p tomosha qilingan treyleriga aylandi.

Treyler ilk 24 soat ichida 230 mln martadan ko‘proq tomosha qilindi. Avvalgi rekord Andres Muskettining dahshat filmi “U”ga tegishli bo‘lgan: filmning treyleri 197 mln marta ko‘rilgan. Bundan avvalgi rekord natija esa namoyishining ilk kuni 193 mln marta tomosha qilingan “Forsaj 8” filmiga tegishli bo‘lgan.

Film 2018 yil may oyidan namoyish qilina boshlanadi. Filmda aktyorlar Kichik Robert Dauni, Kris Xemsvort, Kris Evans, Mark Ruffalo, Skarlett Yoxansson, Jyeremi Renner, Semyuel L. Djyekson va boshqalar suratga tushgan.

Mavzuga oid
Top