Kecha 2018 yilgi Jahon chempionatiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi, musobaqa Rossiyada kelasi yilning 14 iyun-15 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Turnirdagi birinchi uchrashuvda Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘zaro bahs olib boradi – FIFA reytingiga ko‘ra eng yomon ikki jamoa (65- va 63-o‘rin). Bunday vaziyat 1993 yilda paydo bo‘lgan reyting tarixida birinchi marta yuz bermoqda.

FIFA reytingi joriy etilganidan so‘ng musobaqalarning ochilish uchrashuvlari:

JCh-1994: AQSh — Shveytsariya 
JCh-1998: Braziliya — Shotlandiya 
JCh-2002: Fransiya — Senegal 
JCh-2006: Germaniya — Kosta-Rika 
JCh-2010: JAR — Meksika 
JCh-2014: Braziliya — Xorvatiya 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Moskvadagi «Lujniki» stadionida 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.