18:45 / 02.12.2017
31331

Suriya armiyasi jangarilardan tortib olingan minglab qurolni namoyish qildi

Foto: AFP

Suriyalik harbiylar Suriyaning Daur-az-Zor viloyati janubidagi Al-Ashara, Subayxon va Solihiya tumanlarida IShID jangarilaridan tortib olingan minglab qurol-aslahani namoyish qilishdi. Qurol-aslahalar qayd qilingan video Suriyaning SANA axborot agentligining Youtube’dagi kanalida joylashtirilgan.

Harbiylar bir necha ming dona o‘qotar qurol (Kalashnikov avtomatlari va qo‘lbola qurollar), zenit qurilmalari uchun stvollar, yirik kalibrli tank pulemyotlari, 130-millimetrli M-46 zambaraklarini musodara qilishgan.

Bundan tashqari, jangarilardan artilleriya quroli bo‘lgan bir nechta yuk mashinasi, jumladan kuzoviga 152-millimetrli D-20 gaubitsasi o‘rnatilgan GAZ-3309 yuk mashinasi tortib olingan.

Avvalroq jangarilar omborlarida topilgan qurollar AQSh va Yevropada ishlab chiqarilgani ma'lum qilingandi. Oktyabrda Suriya armiyasi vakillari Mayadin shahrida Belgiya, Buyuk Britaniya va Isroilda ishlab chiqarilgan qurollarni topishganini ma'lum qilishgandi.  

Harbiylarning ta'kidlashicha, jangarilar qo‘liga Pentagon dasturlari bo‘yicha ittifoqdoshlarga yordam sifatida sotib olingan qurollar tushadi.

Mavzuga oid
Top