16:04 / 02.12.2017
84254

O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi tayinlandi

Komil Allamjonov prezidentning matbuot kotibi - O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Devoni rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev 1 dekabr kuni prezident matbuot xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni va lavozim tayinlovi bo‘yicha farmonni imzoladi. Qaror bilan tegishli tuzilmaviy o‘zgarishlar kiritildi. 

Komil Allamjonov (1984 y.t.) – Toshkent shahrida tavallud topgan, O‘zbekiston San'at va madaniyat instituti (2006) hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2010) bitiruvchisi.

2002-2004 yillarda FVV axborot xizmati xodimi, bosh mutaxassis bo‘lib ishlagan. 2004-2005 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmatining bosh mutaxassisi bo‘lgan, 2005-2009 yillarda DSQ axborot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi lavozimini egallagan, 2009-2013 yillarda – axborot xizmati rahbari – DSQ raisi matbuot kotibi.

2017 yilning martidan avgustiga qadar davlat maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan – prezident matbuot xizmatiga Asadjon Xo‘jayev rahbarlik qilgan.

Top